Ushbu vitaminga boy sho‘rvaning organizm uchun bir qancha foydali tomonlari bor.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz – 1 dona;
  • sarimsoq – 3 dona;
  • brokkoli – 2-3 bosh;
  • zaytun moyi – 1 osh qoshiq;
  • qizil yasmiq – 1 stakan;
  • sabzavotli bulyon yoki suv – 1500-1700 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Piyoz va sarimsoq mayda to‘g‘raladi. Brokkoli kichik qismlarga bo‘linadi.
  2. O‘rtacha olovda qizigan yog‘da piyoz 5 daqiqa qovuriladi. Sarimsoq va chili qo‘shib, yana 2 daqiqa pishiriladi.
  3. Ustidan brokkoli va yasmiq solinadi, va bulyon quyiladi. Shuningdek, kokos sutidan ham qo‘shish mumkin.
  4. Qaynab chiqqach, qopqoq yopiladi va olov pasaytiriladi, yana 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.
  5. Sho‘rva tayyor bo‘lgach, blender yordamida pyure holiga keltiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz