Ushbu mini-pechenyelarni sut bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • qora shokolad;
  • sariyog‘ – 110 gramm;
  • tuxum – 1 dona;
  • shakar – 2 osh qoshiq;
  • jigarrang shakar – 60 gramm;
  • vanil – 1/2 choy qoshiq;
  • un – 160 gramm;
  • qabartma – 1/2 choy qoshiq;
  • tuz – 1/2 choy qoshiq.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech oldindan 165 darajada qizdiriladi. Shokolad mayda to‘g‘raladi.
  2. Yumshatilgan sariyog‘, tuxum, shakar va vanil birgalikda ko‘pirtiriladi.
  3. Un elakdan o‘tkaziladi, tuz va qabartma bilan qo‘shiladi. Tuxumli aralashmaga unli massa qo‘shiladi va silliq bo‘lguncha aralashtiriladi.
  4. Xamirga shokolad qo‘shiladi va yana aralashtiriladi. So‘ngra qandolat qopiga quyilib, bir xil shaklda siqib chiqariladi.
  5. Pechenyelar qizargunga qadar 6-8 daqiqa davomida pishiriladi va sovitishga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz