Quyultirilgan sut bilan tayyorlangan bananli krem sevimli shirinlikni yanada mazali qiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 2 dona;
  • shakar – 220 gramm;
  • sariyog‘ – 350 gramm;
  • asal – 2 osh qoshiq;
  • iste’mol sodasi – 1 choy qoshiq;
  • un – 400 gramm;
  • banan – 3 dona;
  • quyultirilgan sut – 400 gramm;
  • tuz – bir chimdim.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech 170 darajaga oldindan qizdiriladi.
  2. Tuxum, shakar va tuz mikser bilan yaxshilab ko‘pirtiriladi.
  3. Ustidan 100 gramm yumshatilgan sariyog‘ va asal qo‘shib, aralashtiriladi.
  4. Tuxum massasi idishi bilan qaynayotgan suv ustiga qo‘yiladi. Massa bir holatga kelguncha, aralashtirib turiladi.
  5. Iste’mol sodasi qo‘shiladi, ustidan un qo‘shilgach issiq suv ustidan olinadi.
  6. Yumshoq va silliq xamir qoriladi va xona haroratida sovutiladi. Plyonka bilan o‘rab, 30-40 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yiladi.
  7. Xamir 8-10 bo‘lakka bo‘linadi. Har bir bo‘lak 1-2 millimеtr qalinlikda yoyiladi va xamir qatlamlari sanchqi bilan teshib chiqiladi.
  8. Qat-qat xamir oldindan qizidirilgan pechda 5-7 daqiqa davomida pishiriladi.
  9. Tayyor bo‘lgan xamirlar bir xil dumaloq shaklda kesib olinadi. Ortib qolgan qismlar maydalanadi.
  10. Bananlar blenderda pyure qilib olinadi. So‘ngra sariyog‘ mikser qilinadi.
  11. Sariyog‘ga banan va quyultirilgan sut qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  12. Krem muzlatkichga 20-30 daqiqaga qo‘yiladi.
  13. Har bir xamir yuzasiga krem surtiladi. Shirinlikning yuqori va yon tomoni krem bilan yopiladi. Maydalangan xamir qoldiqlari sepildi va muzlatkichga 5-6 soatga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz