Fransuzcha pulyar omleti retsepti

Ushbu retsept XIX asrda fransuz ayoli Anna Pulyar tomonidan ixtiro qilingan. Pulyar omleti boshqalariga o‘xshamaydi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 4 dona;
  • sut – 1-2 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i – 1 choy qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum oqlari sarig‘idan ajratiladi.
  2. Tuxum sarig‘iga sut, tuz va ziravorlar qo‘shiladi va yaxshilab ko‘pirtiriladi.
  3. Tuxum oqlariga ham tuz qo‘shiladi va mikser yordamida ko‘pirtiriladi.
  4. Tovaga yog‘ quyilib, past olovda qizdiriladi.
  5. Avval tuxum sarig‘i solinadi va quymoq hosil bo‘lgach, tuxum oqi solinadi va tekislanadi.
  6. Qolgan omlet ham shu tarzda pishiriladi va ikkitasi bir-birining ustiga qarama-qarshi qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!