Omlet va qovurilgan kartoshkani birlashtirib, mazali taom tayyorlab ko‘ring.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka – 600 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • o‘simlik moyi – 3 osh qoshiq;
  • tuxum – 3 dona;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kartoshk va piyoz tozalanadi va mayda bo‘laklarga bo‘linadi.
  2. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Unga kartoshka solib, vaqti-vaqti bilan aralashtiriladi. 10-12 daqiqa davomida qovuriladi.
  3. Ustidan piyoz solinadi va pishirishda davom etiladi.
  4. So‘ngra tuxum va tuz solinadi. Taom idishi bilan 200 daraja qizdirilgan pechga olinadi va 7-10 daqiqa qoldiriladi.
  5. Dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz