Tayyor holda sotiladigan qat-qatli xamir bilan hamma narsani oson va tez pishirish mumkin — pirog, kruassan, nonushta uchun rulet yoki shtrudel kabi. Qatli xamirdan tayyorlanadigan oddiy, tez va juda mazali retseptlarning bir nechta variantni taklif qilamiz.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Nonushtabop kruassanlar

Foto: Getty Images

Tayyor xamirni yupqa yoyib, uchburchak shaklida kesib oling. Har bir uchburchakni uchidan boshlab, tepaga qarab astalik bilan o‘rang. Ustiga tuxum sarig‘ini surting va tillarang bo‘lguncha pishiring. Kruassanlar uchun nachinka sifatida shokolad yoki yong‘oq pastasi, murabbo yoki jem ishlatishingiz mumkin.

Tuzlangan baliqli tart

Foto: Getty Images

Ushbu taom tug‘ilgan kun dasturxonini bezaydi. Ishtahaochar yegulik bir necha daqiqada tayyor bo‘ladi. Buning uchun qatli xamirni oldindan pishirib, sovitish, keyin tvorogli pishloq surtib, ustiga tuzlangan losos bo‘laklarini chiroyli qilib qo‘yish kifoya. Bir oz maydalangan qalampir, bir bo‘lak zaytun moyi va lososli tart tayyor!

Xamirli “qopqoq”da pishgan qovurma

Foto: Getty Images

Go‘sht, baliq yoki tovuqdan tayyorlangan har qanday qovurma juda mazali bo‘ladi, agar uni qozonda pishirsangiz-u, ustini xamir bilan yopsangiz, yanada ajoyib ta’m uyg‘unligiga guvoh bo‘lasiz. Amerikancha tovuqli pirog ham xuddi shu usulda tayyorlanadi, bu aslida nozik qaymoqli sousda pishgan sabzavotli tovuqli taomdir. Xamir qatlami bilan qoplangandan so‘ng, idish chindan ham pirogga o‘xshab qoladi! Pechda, xamirning “qopqog‘i” pishayotganda, idishdagi xushbo‘y hidlar bilan to‘yinadi. Qovurmani “qopqoq” ostida pishirish uchun idish chetlarini suv bilan namlang, xamir bilan yoping, bug‘ chiqishi uchun xamir o‘rtasidan kichik bir teshik kesing. Xamir tayyor bo‘lgunga qadar pishirish uchun pechga qo‘ying.

Shtrudel

Foto: Getty Images

Qatli xamirga har qanday nachinka solib tirli xil ruletlar tayyorlash mumkin. Shtrudelni baliq va guruch, tovuq va pishloq bilan pishirsa bo‘ladi. Qo‘ziqorinli shtrudel — qovurilgan piyoz, tuxum va ko‘katlar qo‘shilgan ajoyib taomdir. Lekin olma va maydalangan yong‘oq solingani eng mashhur shtrudel hisoblanadi.

Tez tayyorlanadigan piroglar retsepti

Foto: Getty Images

Yog‘langan qolipga xamirni yoyib chiqing. Nachinkasiga tuxum, maydalangan yoki yumshoq pishloq (masalan, feta) va sabzavotlar, pishirilgan go‘sht yoki tovuq bo‘laklari, ko‘katlar, qovurilgan piyoz solish mumkin. Qolipni nachinka bilan to‘ldiring va pechda 180 darajada xamir pishguncha va bir hil rangga kelguncha pishiring. Qatli xamirdan xushbo‘y ismaloq va qo‘ziqorinli pirog ham pishirish mumkin.

От qwert.uz