Makaron va brokkoli qo‘shib tayyorlanadigan pishloqli zapekanka retsepti

Ushbu zapekankaga qo‘shiladigan mahsulotlar birgalikda ajoyib ta’mni hosil qiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • makaron – 180 gramm;
  • brokkoli – 300-350 gramm;
  • tovuq filesi – 450 gramm;
  • paprika – 1 choy qoshiq;
  • sarimsoq, piyoz kukuni – 1/2 choy qohiq;
  • o‘simlik yog‘i – 1 osh qoshiq;
  • tovuqli bulyon – 200-250 ml;
  • qaymoqli pishloq – 120 gramm;
  • motsarella – 120-150 gramm;
  • parmezan – 30-50 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Makaron hamda brokkoli alohida qaynatib olinadi hamda sovutishga qo‘yiladi.
  2. Tovuq filesi mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Paprika, piyoz, sarimsoq kukuni, tuz va ziravorlar sepilib, yaxshilab aralashtiriladi.
  3. O‘rtacha olovda tovada bir osh qoshiq yog‘ qizdiriladi. Tovuq go‘shti bir  necha daqiqa davomida qovuriladi.
  4. Bulyon va tovuq go‘shti qaynatishga qo‘yiladi. Suyuqlik qaynagach qaymoqli pishloq solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Motsarella pishlog‘ining ham yarmi qo‘shiladi va eriguncha aralashtiriladi.
  5. So‘ngra suyuqlikka makaron va brokkoli solinadi. Barcha aralashma zapekanka qolipiga o‘tkaziladi.
  6. Tepa qismi folga qog‘ozi bilan yopiladi.
  7. Taxminan 15 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishirilad. Keyin folga qog‘ozi olinib, maydalangan parmezan va motsarella pishlog‘ining qolgan qismi sepiladi. Yana 10 daqiqa pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!