Betakror ta’mga ega pishloqli tayoqchalarni sous bilan birgalikda dasturxonga torting.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • ismaloq – 100 gramm;
  • motsarella – 200-300 gramm;
  • qaymoqli pishloq – 200 gramm;
  • sarimsoq kukuni – 1 choy qoshiq;
  • tuxum – 4 dona;
  • un – 250 gramm;
  • quritilgan non – 200-250 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 500-700 ml;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Ismaloq mayda to‘g‘raladi va biroz qovuriladi.
  2. Motsarella pishlog‘i qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Qaymoqli pishloq, ismaloq, sarimsoq, tuz va ziravorlar birgalikda aralashtiriladi.
  3. Qandolat qolipiga pergament qog‘oz solinadi va pishloqli massa quyiladi.
  4. 30-60 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi, so‘ngra tayoqcha shaklida kesib olinadi.
  5. Har bir tayoqcha avval un, keyin tuxum va quritilgan nonga botirib olinadi. Yana bir marotaba tuxum va nonga botiriladi.
  6. O‘rtacha olovda qizdirilgan yog‘da qizargunga qadar qovurib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz