Ushbu retsept XIX asrda fransuz ayoli Anna Pulyar tomonidan ixtiro qilingan. Pulyar omleti boshqalariga o‘xshamaydi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum – 4 dona;
- sut – 1-2 osh qoshiq;
- o‘simlik yog‘i – 1 choy qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Tuxum oqlari sarig‘idan ajratiladi.
- Tuxum sarig‘iga sut, tuz va ziravorlar qo‘shiladi va yaxshilab ko‘pirtiriladi.
- Tuxum oqlariga ham tuz qo‘shiladi va mikser yordamida ko‘pirtiriladi.
- Tovaga yog‘ quyilib, past olovda qizdiriladi.
- Avval tuxum sarig‘i solinadi va quymoq hosil bo‘lgach, tuxum oqi solinadi va tekislanadi.
- Qolgan omlet ham shu tarzda pishiriladi va ikkitasi bir-birining ustiga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Yoqimli ishtaha!