Vitaminga boy sabzavotlardan tayyorlanadigan sho‘rva ham mazali, ham foydali.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • kartoshka – 4-6 dona;
  • bulg‘or qalampiri – 1 dona;
  • piyoz – 1 dona;
  • sabzi – 1 dona;
  • sarimsoq – 2 bo‘lak;
  • suv – 4 litr;
  • o‘simlik yog‘i – 3-4 osh qoshiq;
  • guruch – 150 gramm;
  • tomat pastasi – 3 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Kartoshka, bulg‘ori qalampiri, piyoz mayda to‘g‘raladi. Piyoz qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sarimsoq maydalanadi.
  2. Suv alohida idishda qaynatiladi va kartoshka solib, yana 10 daqiqa qaynatiladi.
  3. Tovada o‘simlik yog‘i qizdirilib, piyoz qovurib olinadi.
  4. Ustidan sabzi solinadi va qizarguncha qovuriladi. Bulg‘or qalampiri, tuz va ziravorlar solinib, 2-3 daqiqa pishiriladi.
  5. Qozondagi suvga guruch qo‘shib qaynatiladi. Tomat pastasi va sarimsoq solinadi. Bir necha daqiqa pishiriladi.
  6. Tovada qovurilgan mahsulotlar guruchli aralashmaga qo‘shiladi, tuz, ziravor va ko‘katlar solinadi. Biroz qaynatilgach, olov o‘chiriladi. So‘ngra dafna barglari solinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz