Yumshoqqina quymoqlar kakao ta’mi bilan yanada mazali bo‘lib pishadi.

  — Manba: «Dёaryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 3 dona;
  • kefir – 500 ml;
  • shakar – 4 soh qoshiq;
  • un – 270-290 gramm;
  • kakao kukuni – 2 osh qoshiq;
  • suv – 300-400 gramm;
  • ichimlik sodasi – 1/2 choy qoshiq;
  • o‘simlik moyi – 4 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum kefir, tuz va shakar bilan ko‘pirtiriladi.
  2. Elangan un kakao bilan aralashtiriladi. Tuxumli massaga qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
  3. Qaynagan suvga ichimlik sodasi solinadi va massaga oz-ozdan quyiladi. O‘simlik yog‘i qo‘shiladi.
  4. Xamir xona haroratidan yarim soatga qoldiriladi. Quymoq pishirishdan avval xamir yana yaxshilab aralashtiriladi.
  5. Tovaga yog‘ quyiladi. Ma’lum miqdorda bir xilda quyilib, quymoqlarning har ikki tomoni qizargunga qadar pishirib olinadi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz