Ayniqsa, nonushta uchun tez tayyor bo‘ladigan mazali yegulik.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • pishloq – 100-120 gramm;
  • tuxum – 2 dona;
  • baton noni – 4-5 dona;
  • ko‘kat va tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech oldindan 200 darajada qizdiriladi. Pishloq va ko‘kat mayda to‘g‘raladi.
  2. Tuxum sanchqi bilan yaxshilab aralashtiriladi. Unga pishloq va ko‘kat qo‘shiladi. Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar sepiladi.
  3. Nonning bir tomoni pishloqli aralashmaga botiriladi va pechda 10-12 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz