Brokkoli, gulkaram va loviya baliq bilan birgalikda ajoyib ta’mni hosil qiladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • oq baliq filesi — 400-450 gramm;
  • muzlatilgan gulkaram — 150-200 gramm;
  • muzlatilgan brokkoli — 150-200 gramm;
  • muzlatilgan yashil loviya — 100-150 gramm;
  • zaytun yog‘i, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. File bo‘laklarga bo‘linadi. Ikki tomoniga tuz va ziravorlar sepiladi.
  2. Baliq multivarkaning yuqori qismiga, bug‘ idishiga solinadi, muzlatilgan sabzavotlar baliq atrofiga yoyilib, ozroq tuz sepiladi.
  3. Multivarkaning pastki qismiga 600-800 ml sovuq suv quyiladi. “Bug‘da pishirish” rejimi tanlanib, 30 daqiqaga qo‘yiladi.
  4. Dasturxonga tortishdan avval sabzavotlar ustiga zaytun moyi quyiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz