Lifehacker nashri yana bir mazali hamda oson tayyor bo‘ladigan lavashli rulet retsepti bilan bo‘lishdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • piyoz — 1 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • qiyma — 400 gramm;
  • tuxum — 2 dona;
  • lavash xamiri — 1 dona;
  • mayonez — 2 osh qoshiq;
  • tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Pech oldindan 180 darajaga qizdiriladi.
  2. Piyoz va sarimsoq mayda to‘g‘raladi yoki qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
  3. Qiyma piyoz, sarimsoq, tuxum, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
  4. Lavash xamiriga nachinka yupqa qilib yoyiladi va rulet shaklida o‘raladi.
  5. Ruletlarga mayonez surtiladi va pechda 30-35 daqiqa davomida pishiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz