Pishloq va sarimsoqli xushta’m non retsepti
Uyda oddiy nondan ishtaha ochar yegulik tayyorlash mumkin. Buning uchun atigi 15 daqiqa va pishloq, sarimsoq hamda ko‘katlar kifoya. Lifehacker nashri ushbu xushta’m non retseptining tayyorlanish ketma-ketligi bilan bo‘lishdi.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
- sarimsoq — 5-6 bo‘lak;
- parmesan pishlog‘i — 45 gramm;
- sariyog‘ — 200 gramm;
- baton non — 1 dona;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Pech oldindan 200 darajaga qizdiriladi.
- Sarimsoq tozalanib, mayda to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Petrushka barglari ajratib olinadi. Sarimsoq, pishloq, ko‘kat va sariyog‘ aralashtiriladi.
- Non bir xil bo‘laklarga bo‘linib, sariyog‘li aralashma non yuzasiga surtiladi.
- Pechga 10 daqiqaga qo‘yiladi.
- Tayyor bo‘lgan nonlar ustiga tuz va murch sepiladi.
Yoqimli ishtaha!