Ko‘pchilik ovqatdan keyin o‘zini yomon his qiladi. Ko‘pincha bu ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgisi, ammo boshqa omillar ham bu noxush holatga olib kelishi mumkin.
— Manba: «Daryo» nashri.
Foto: Getty Images
Ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Sog‘lom odamda kuzatiladigan ko‘ngil aynishi
Noto‘g‘ri ovqatlanish tufayli rivojlanishi mumkin. Bunga quyidagilar sabab bo‘ladi:
- ortiqcha ovqatlanish;
- qovurilgan va yog‘li ovqatlar;
- ovqatdan so‘ng darhol bajarilgan faol harakatlar va jismoniy faoliyat;
- sifatsiz mahsulotlarni iste’mol qilish;
- intoksikatsiya.
Bunday hollarda ovqatlanishni tartibga solish yoki toksik moddalardan foydalanishni to‘xtatish kifoya.
Foto: Getty Images
Turli kasalliklar tufayli ko‘ngil aynishi
Agar diyetani tartibga solish kutilgan natijani bermasa va ovqatdan keyin ko‘ngil aynish saqlanib qolsa, bu quyidagi kasalliklarning rivojlanishi uchun signal bo‘lishi mumkin:
- ezofagit;
- gastrit;
- enterit;
- gepatit;
- pankreatit;
- o‘t qopidagi tosh;
- xoletsistit;
- oshqozon yarasi;
- ichak disbakteriozi.
Ushbu kasalliklar tibbiy muolajani talab qiladi, mustaqil davolash nafaqat samarasiz, balki xavfli hamdir.
Foto: Getty Images
Sog‘lom ayolda ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi
Kuniga 2 martagacha ko‘ngil aynishi va qayt qilish homiladorlikning odatiy belgisidir, agar ko‘ngil aynishi yoki qayt qilish tez-tez sodir bo‘lsa, bu tibbiy nazoratni talab qiladigan toksikoz bo‘lishi mumkin.РЕКЛАМАReklamani yopish
Ovqatdan keyin ko‘ngil aynisa, nima qilish kerak?
Avvalo, uni yuzaga keltiradigan omillarni istisno qilish kerak, xususan:
- kam-kamdan tez-tez ovqatlaning;
- ovqatdan keyin og‘ir jismoniy zo‘riqishlardan saqlaning (faqat piyoda yurish tavsiya etiladi);
- yog‘li ovqatlarni kamaytiring;
- bug‘da pishirilgan, qaynatilgan va dimlangan ovqatlarga ustunlik bering;
- mahsulotlarning yaroqlilik muddatini diqqat bilan tekshiring;
- alkogol va tamaki iste’mol qilmang;