Gipertoniya (arterial gipertoniya) — bu yurak-qon tomir tizimi, miya, buyraklar va boshqa kasalliklarning rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradigan doimiy yuqori qon bosimi. “Profil” nashri bunday xavf-xatarlarga duchor bo‘lmaslik uchun amal qilish kerak bo‘lgan bir qator oddiy tavsiyalar berib o‘tdi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Profil”

Tana vaznini nazorat qilish

Ortiqcha vazn va semizlik gipertoniya uchun asosiy moyillik omillaridan biridir. Og‘irlikni nazorat qilish orqali odam gipertoniya va unga bog‘liq kasalliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi, deb xabar beradi Live24.

Mayo Clinic Rochesterda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, semiz bo‘lmagan odamlarda tana vaznining 5 foiziga oshishi sistolik (yuqori) bosimning o‘rtacha to‘rt birlik oshishiga olib keladi. Ko‘rsatkichning eng sezilarli o‘sishi qorin bo‘shlig‘ida ortiqcha vazn to‘planib, visseral yog‘ni hosil qilgan tadqiqot ishtirokchilarida kuzatildi.

Tuzni cheklash

Ratsiondagi juda ko‘p tuz va gipertoniya bir-biri bilan bog‘liq. Yuqori qon bosimidan aziyat chekadigan odamlar uchun shifokorlar tuzi kam bo‘lgan ratsionni tavsiya qiladi. Tadqiqot sog‘lom odam tomonidan iste’mol qilinadigan tuz miqdori va gipertoniya rivojlanish xavfi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini tasdiqladi. Qisqa muddatda ratsiondagi tuz miqdorini kamaytirish qon bosimi darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq muddatda jarayon me’yorga keladi, tuz iste’mol qilish kamayishi bilan yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 25 foizga kamayadi.

Jismoniy faollik darajasini oshirish

Muntazam jismoniy faollik salomatlikni saqlashning muhim elementi, shu jumladan, me’yoriy qon bosimi va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfini kamaytirishdir. Olimlar muntazam ravishda har qanday jismoniy faoliyat bilan shug‘ullanadigan gipertonik bemorlarda o‘limga olib keladigan yurak-qon tomir kasalliklari ehtimoli 67 dan 16 foizgacha kamayganligini aniqladi. Umuman mashq qilmagan tadqiqot ishtirokchilarida bunday kasalliklardan o‘lim xavfi ikki baravar ko‘p bo‘lgan.

Qoida tariqasida, yuqori qon bosimi dorilar yordamida tushiriladi. Ammo ovqatlanish ham bu ko‘rsatkichga ta’sir qilishi mumkin. Muayyan parhez bosimning oshishiga ham, pasayishiga ham hissa qo‘shishini unutmang.

От qwert.uz