«Qilamiz xavas…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
«QILАMIZ XАVАS»
-«Senga doim qilamiz xavas,
Ov qilgali toʼr toʼqisang bas!».
-«Xavas birlan ish bitmas bunda,
Shu mexnatni qilaman kunda!».
«ONА BАGʼRI»
«Ona bagʼri bexavotir shunchalik,
Tark etamiz, afsuski — keyinchalik!»
«NАJOT YOʼLI»
«Koʼzingni och, boʼl xushyor,
Аtrofda xatar bisyor.
Choʼkkanga — najot yoʼli,
Bilginki — uning qoʼli!»
«SUGʼURTАLАB QOʼYGАNMАN»
«Suv boʼyida turgan ey buzoq,
Suv ichida — sen uchun tuzoq.
Unda timsox tishini qayrab,
Seni tutib — yemoqchi yayrab!».
-«Koʼp gapirma, bekorga sayrab,
Nima kerak, oʼzni avaylab.
Xavotirga aslo oʼrin yoʼq,
Bu narsadan mening koʼnglim toʼq.
Xar narsaga yetadi koʼzim,
Sugʼurtalab qoʼyganman oʼzim!»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF