Foto  Fabian Mishelь  —  Unsplash

«QILАMIZ XАVАS»

-«Senga doim qilamiz xavas,

Ov qilgali toʼr toʼqisang bas!».

-«Xavas birlan ish bitmas bunda,

Shu mexnatni qilaman kunda!».

fOTO  Janko Ferlič  —  Unsplash

«ONА BАGʼRI»

«Ona bagʼri bexavotir shunchalik,

Tark etamiz, afsuski — keyinchalik!»

Foto  Sandro Lansyu —  Unsplash

«NАJOT YOʼLI»

«Koʼzingni och, boʼl xushyor,

Аtrofda xatar bisyor.

Choʼkkanga — najot yoʼli,

Bilginki — uning qoʼli!»

Foto Gustavo Zambelli —  Unsplash

«SUGʼURTАLАB QOʼYGАNMАN»

«Suv boʼyida turgan ey buzoq,

Suv ichida — sen uchun tuzoq.

Unda timsox tishini qayrab,

Seni tutib — yemoqchi yayrab!».

-«Koʼp gapirma, bekorga sayrab,

Nima kerak,  oʼzni avaylab.

Xavotirga aslo  oʼrin yoʼq,

Bu narsadan mening koʼnglim toʼq.

Xar narsaga yetadi koʼzim,

Sugʼurtalab qoʼyganman oʼzim!»

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz