«Deltaplanda…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)

Foto Lance Anderson — Unsplash

«DELTАPLАNDА…»

— «Ucha olasanmi delьtaplanda?»,

-«Faqat orzu qilish — imkoni menda!».

— «Demak qoʼrqasanmi?» — «Yoʼq, yuqoridan

Tushgim kelmay qolsa — qoʼrqaman shundan!».

Foto  Syauki Аyyash —  Unsplash

«BU OLАM…»

— «Kanday goʼzal, bu olam — bir kara!

(Koʼzoynak boʼlmasa gar, oq-qora).

Shu sababdan, oʼxshamang Keshaga,

Ishonmang — siz rangli shishaga!».

Foto Navi  —  Unsplash

«QАNDАY QАRАSHGА…»

— «Naxotki qush oyga — ip bilan bogʼliq?»,

— «Masalaga qanday — qarashga bogʼliq!».

Foto  Siddxant Kumar  —  Unsplash

«GOʼZАLLIGIM…»

— «Xa toʼtiqush, nechuk buncha xomushsan,

Sen xam axir, aslida goʼzal qushsan!».

— «Goʼzalligim toʼgʼri, patlarim sabab,

Lekin ayrim insonlarda yoʼq adab.

Kecha qarang, bir arzanda qiz poylab,

Patim yulib oldi, qoldim voy-voylab!».

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF