«Zararli odatlar…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
«ZАRАRLI ODАTLАR»
«Zararli odatlar ortidan quvmay,
Koptokni quvlasang, daromad moʼmay!».
«KIMDАN QOCHАYAPSАN…»
«Kaerga qochishing — bu emas baxsli,
Kimdan qochayapsan — shu muxim asli!».
«XАYOTDА…»
«Raqibni oʼyinda aldagin, biroq,
Xayotda aldovdan — boʼl doim yiroq!».
«SHIRINLIK…»
«Shirali shirinlik — oʼziga tortar,
Ortidan — tishlarga muammo ortar.
Yoniga chaqirsa, shirinlik agar,
Goxida chap berish — keltirmas zarar!»
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF