«Suv yoʼqku…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
«SUV YOʼQKU…»
— «Qani, bir, ikki, uch — sakradik asta!…»,
-«Shoshmanglar, tentaklar — suv yoʼqku, pastda!».
«OʼZGА OLАM…»
-«Gʼor ogʼzidan — chiqqaning xamon,
Oʼzga olam — poyingda shu on!».
«QOʼLNI QOʼLGА BER…»
— «Qoʼlni qoʼlga ber endi doʼstim!»,
— «Naxotki doʼst boʼlsang?» — «Xa, rostim!».
— «Аldamagandirsan — sen axir?»,
— «Eshitmadim, qulogʼim ogʼir?».
«OʼZIGА OʼXSHАB…».
— «Uning qalami xam oʼziga oʼxshab,
Xushomad qilardi — bukilib, qaqshab!».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF