«KIM ZАBT ETАR…»
— «Xoy alpinist, shoshilmasdan, mana dam ol — joy tayyor!»,
— «Xoʼsh choʼqqini kim zabt etar, dam olsak — boʼlsak ayyor?…».
«BАXTIYORMАN…»
— «Soat taqmaganlar emishlar baxtli?
Bu gaplar qanchalik xaqiqat asli?».
— «Bu gaplar ularga — baxona xolos,
Men soat taqsamda, baxtiyorman — rost!…».
«XАQIQАTMI BORLIGING…»
— «Ey «Oʼrgimchak odam» — rostin ayt,
Xaqiqatmi borliging — shu payt?».
— «Bilasanmi, oʼzi baʼzida,
Yolgʼon yoqar — insonga juda!…».
«QAY BIRI QULAYROQ…».
— «Velosiped yoki avtomobildan,
Qay biri qulayroq, aytingchi, dildan?».
— «Savolga biz savol beraylik endi,
Sof xavo afzalmi yo aksi unda?…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF