«QOʼRQUVDАN USTUN…»
— «Qoʼrqinchli narsadan tortsakda oʼzni,
Baribir koʼpincha uzmaymiz koʼzni.
Shu qoʼrquv xaqida, aytsam men rostin,
Qiziqish odatda — qoʼrquvdan ustun!…».
«YOLGʼIZ OʼRMONDА…»
— «Qizil shapkacha xam, yolgʼiz oʼrmonda,
Borgandi — savatda, «gumma» bir yonda.
Boʼri chiqib qolsa, oʼrmonda agar,
Keyin yaqinlaring — armonda qolar!…».
«MАKTАBDА BOʼLАR MUАMMO…»
— «Er sharin gulzorga — qoʼydim yashirib»,
— «Bolaginam bir oz — qoʼyma oshirib.
U turib qolmasin — gulzorda bekor,
Yer shari kelajak — avlodga darkor!».
— «Kelajak avlodni — bilmadim, ammo,
Ertaga maktabda — boʼlar muammo!…».
«YOLGʼONI YOʼQDIR…».
— «Nima qilayapsan — soxilda yolgʼiz?»,
— «Oʼzim-la soʼzlashmoq — istagi xargiz!».
— «Naxot sen savdoyi?» — «Yoʼq, dema unday,
Hushim joyidadir, bu ravshan — kunday.
Oʼzim-la soʼzlashsam, koʼnglim xam toʼqdir,
Chunki bu suxbatning — yolgʼoni yoʼqdir!…».
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF