“Profil” nashri taqdim etgan ushbu retseptga ko‘ra, pomidor, baqlajon va sarimsoqli salatni tayyorlash juda oson. Salat kam masalliq talab qilsa-da, mazasi og‘izda qoladi.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: “Profil”

Kerakli mahsulotlar:

  • baqlajon — 2 dona;
  • bodring — 3 dona;
  • pomidor — 3 dona;
  • sarimsoq — 2 bo‘lak;
  • smetana — 3 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 70 ml;
  • ko‘kat, tuz va ziravorlar.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Baqlajon katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab olinadi.
  2. So‘ngra o‘rtacha olovda qizigan yog‘da qovuriladi.
  3. Bodring va pomidor ham katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  4. Ko‘katlar mayda to‘g‘raladi.
  5. Qovurilgan baqlajon sovigach, to‘g‘ralgan sarimsoq qo‘shiladi.
  6. So‘ngra barcha masalliq aralashtirilib, smetana qo‘shiladi.
  7. Tuz va ziravorlar sepilib, yaxshilib aralashtirilgach, dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz