Mazali sabzavotli salat foydali xususiyatlarga ega. Uni taomlar bilan birga iste’mol qilishingiz mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • baqlajon —  2 dona
  • zaytun yog‘i — 4 qoshiq
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • murch — ta’bga ko‘ra
  • cherri pomidori — 300 g
  • qizil piyoz — 1 dona
  • bulg‘or qalampiri — 1 dona
  • ko‘katlar— bir necha bog‘
  • limon — 1 dona
  • asal — 1 qoshiq
  • ziravorlar — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Baqlajonni o‘rtacha bo‘laklarga bo‘lib oling. Unga 2 qoshiq zaytun yog‘i, tuz va murch qo‘shib aralashtiring.
  2. Baqlajonlarni folga qog‘oziga solib pechda taxminan 200 daraja haroratda, 25 daqiqa davomida pishiring.
  3. Cherri pomidorlarini yarmiga yoki chorak qismga bo‘ling, piyoz va bulg‘or qalampirini mayda qilib kesing. Ko‘katlarni ham to‘g‘rab oling.
  4. Limonni ikkiga bo‘lib, ikki qoshiq sharbatini siqib oling. Unga ikki osh qoshiq yog‘ va asal qo‘shing.
  5. Pishirilgan baqlajonni pomidor, piyoz va ko‘katlar bilan aralashtiring. Salatga tuz, ziravor qo‘shing va aralashtiring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz