«Аyyor…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
«АYYOR…»
-“Shundaylar bor — tekin tomoq, oʼzi xoʼp ayyor,
Oʼroqda yoʼq, mashoqda yoʼq — xirmonda tayyor!”.
«YOLGʼIZ QOLGАNDА…»
-“Inson oʼzi bilan — yolgʼiz qolganda,
Shirin orzularda — oʼyga tolganda,
Eng baxtli insonga — aylanar shunda,
…Takrorlansa edi — shu tuygʼu kunda!”.
«YORDАM SOʼRАY OLSАNG…»
-“Yordam soʼray olsang — oʼtmay vaqtidan,
Baxramand boʼl yordam — olish baxtidan!”.
«TEPАGА QАRАSАNG…»
-“Tepaga qarasang, mayli-yu ammo,
Oyogʼing ostida — yoʼqmi muammo?”.
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF