«Salomatlik soʼray…» (Qiziqarli suratlar — sheʼriy izoxlar bilan)
«SАLOMАTLIK SOʼRАY…»
Qorbobodan nima soʼray, sovgʼami?,
Nega kerak menga — sovgʼaning gʼami.
Salomatlik soʼray ota onamga,
Sovgʼa toʼlib ketar — oʼzi xonamga.
«BIR DАRАXTDА…»
Bir daraxtda — ikki meva,
Biri pishgan — biri xom.
Unga kimdir befarq — qarar,
Kimdir olmoqda «ilxom»!.
«SUVNI TEJАLMАSА…»
-«Suvni tejalmasa — bizni ne kutar?»,
-«Shu bir tomchi suvning — uvoli tutar!».
«SUYANCHIGʼIM…»
Suyanaman daraxtga — biroq,
U suyanchiq boʼlishdan — yiroq.
Sukut saqlab, dardimni tinglar,
“Suyanchigʼim» qayda — aytinglar?».
Аbdulla Pulatov
Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF