Agar siz tovuq go‘shtidan qilingan qarsildoqlar va qovurilgan kartoshkani yaxshi ko‘rsangiz bu siz uchun yomon xabar bo‘lishi mumkin.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Ko‘proq piyoda yurish, yetarlicha uxlash, o‘rtacha jismoniy mashqlar qilish — bu har birimiz immunitetimiz uchun qila oladigan narsalardir. Bu harakatlarimiz organizmni qo‘llab-quvvatlash, virus va bakteriyalarga qarshi kurashishi uchun ko‘proq kuch beradi. Immunitet tanani “noto‘g‘ri qo‘ng‘iroqlar”dan himoya qilish uchun har qanday usulda — qimmatbaho “jangovar zaxira”ni ishga solib “raqibga” hujum qiladigan vaziyatlar uchun kerak. Sizningcha, bu faqat kasal bo‘lganingizda sodir bo‘ladimi? Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot bundan ham yomoni borligini tasdiqladi.

Shamollash va gamburger — ikkalasi bir xilmi?

Bonn universiteti olimlarining 2018-yilda chop etilgan tadqiqoti shuni tasdiqladiki, kechki ovqat yoki fast fudlarni (juda baland haroratda qovurilgan go‘sht, shakar, to‘yingan yog‘lar va klechatka miqdori kam ovqatlar) isteʼmol qilganda immunitet tizimiga xuddi bir hafta mobaynida O‘RVI bilan kasallangandek zarba beradi.

Olimlar bir oy davomida sichqonlarni mashhur fastfud tamaddixonalarida tayyorlanadigan taomlarga o‘xshash ovqat bilan oziqlantirishdi. Hayvonlarda yuqumli kasallikka chalinganidan keyin paydo bo‘ladigan yallig‘lanish reaksiyasi tezda paydo bo‘lganini aniqlashdi. Organizm xavfli tajovuzkorga qarshi kurashish uchun tom maʼnoda kuchli armiyani safarbar qildi: hayvonlarning qonidagi immunitet hujayralari soni ko‘p martaga ortdi.

Ammo bu eng achinarlisi emas: keyingi tadqiqotlar noto‘g‘ri ovqatlanish bilan boshlangan jarayon deyarli qaytarib bo‘lmaydiganligini tasdiqladi: hatto, yallig‘lanish reaksiyasi pasayganidan keyin ham, genetik testlar immunitet tizimidagi o‘zgarishlarni aniqlashda davom etdi. Darhaqiqat, tananing himoya tizimi doimiy tashvish holatida paydo bo‘ldi. Bu, albatta, juda sog‘lom va normal holat emas edi.

Mabodo, sizga sog‘lom ovqatlanishga o‘tish va fast fudlardan voz kechish uchun yana bir dalil kerak bo‘lsa, mana o‘sha isbot: qanchalik ko‘p gamburger va chips isteʼmol qilsak, organizm haqiqatan ham jiddiy hujumlarga dosh beradigan kuchga ega bo‘lmaydi. Shu jumladan, koronavirusga ham.

От qwert.uz