Bo‘yinning orqa va yon tomoni og‘riyapti, og‘riqning yelka yoki boshqa joyga tarqalayotgani muhim emas — bu har doim yoqimsiz holat, ayniqsa, o‘sha vaqtda bo‘yinni qimirlatish qiyin bo‘lsa. Nima uchun bo‘yin sohasida og‘riq kuzatiladi, buning sabablari va bartaraf etish choralari bormi?

  — Manba: «Daryo» nashri.

Bo‘yin qanday tuzilishga ega?

Bo‘yin va bel mayda umurtqa suyaklaridan iborat. Ular ustma-ust holatda umurtqa pog‘onasini hosil qiladi. U boshni ko‘tarib turishi bilan birga orqa miyani ham himoya qiladi. Bu tanamizdagi nerv tizimini bog‘laydigan asosiy tuzilmadir. Butun tanadagi signallar u orqali o‘tib, og‘riq hissini miyaga yuboradi.

Bel umurtqasining yetti yuqori suyagi bo‘yinni hosil qiladi va ular bo‘yin umurtqasi deb ataladi. Suyaklar bir-biriga faset bo‘g‘inlari orqali birikkan bo‘lib, mushaklar yordamida boshni istalgan yo‘nalishda harakatlantirishga imkon beradi.

Umurtqa suyagi o‘rtasida amortizator vazifasini bajaradigan va umurtqa pog‘onasining moslashuvchanligini ta’minlaydigan disklar mavjud.

Simptomlar

Og‘riq va bo‘yinning qotib qolishi

Bo‘yinning chap yoki o‘ng tomonida og‘riq his qilasiz va og‘riq yelkaga yoki ko‘krak sohasining yuqori qismiga tarqaladi. Bu ba’zan qo‘ldagi og‘riq yoki kuchsizlik bilan birga kechadi.

Kuchlanish bosh og‘rig‘i bilan boshlanib, undagi noqulaylik boshning orqa tomoniga, gohida esa quloqqa yoki ko‘z orqasiga o‘tadi.

Bo‘yinni qimirlatishda og‘riq seziladi, mushaklar siqiladi, ayniqsa, uzoq vaqt davomida bir holatda o‘tirgan yoki uxlayotgan bo‘lsangiz.

Bundan tashqari, bo‘yin odatdagidek burilmasligini sezasiz. Agar bo‘yin va yelkaning qotib qolishi kuzatilsa yoki to‘satdan og‘riq tursa, ikkala qo‘lingizni ko‘tarish qiyin bo‘lsa, bu polimiyalgiya revmatikasi (PMR) deb ataladigan holat belgisi, ya’ni mushaklarning yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin. Bu 65 yoshdan oshganlarda ko‘proq uchraydi. Bunday alomatlarda zudlik bilan shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Bo‘yinning qotib qolishi yoki sanchiqlar

Bo‘yin atrofidagi mushaklar, suyaklar yoki to‘qimalar haddan tashqari bosimi natijasida, asab siqilib qoladi. Natijada barmoqlarda uvushish yoki sanchiqlar his qilishingiz mumkin.

Muammo o‘z-o‘zidan o‘tib ketgach, noxush holat ham yo‘qoladi. Ammo bunday alomatlar uzoq vaqt saqlanib qolsa, bo‘yin va qo‘l bir necha kun og‘risa, shifokorga murojaat qiling; ehtimol u siqilib qolgan nerv tolalaring faoliyatini aktivlashtiruvchi dorilarni buyuradi.

Bo‘yinda qisirlash tovushlari

Boshni qimirlatganingizda chertish, qisirlash tovushini eshitishingiz yoki his qilishingiz mumkin. Bu krepitus deb ataladi va u havo pufakchalari yoki bo‘g‘imdagi to‘qimalar suyaklarining ishqalanishi natijasida yuzaga keladi. Bu ko‘pincha boshqa bo‘g‘imlarda ham sodir bo‘ladi, lekin bo‘yndan chiqadigan shovqinlar kuchliroq eshitiladi, chunki u quloqqa yaqin. Bu umumiy simptom va qo‘rqinchli tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, tashvishlanishga hojat yo‘q.

Bo‘yin mushaklarining spazmlari

Spazmlar — bu mushak yoki mushaklar guruhidagi keskin kuchlanish bo‘lib, ko‘pincha buning aniq sababini topish qiyin, lekin u nihoyatda yoqimsiz holatdir. Bo‘yinda spazmlar paydo bo‘lganda, odatda, faqat bir tomonda og‘riq va qotishni keltirib chiqaradi.

Bu holat bir necha soat yoki kun yoki kamdan kam hollarda bir necha hafta davom etishi ham mumkin. Og‘riqni yengil massaj, og‘riq qoldiruvchi vositalar, iliq yoki sovuq kompresslar bilan bartaraf etsa bo‘ladi. Mushak spazmi bilan og‘riganlar issiqlikni yoqtirishlarini aytadilar.

Bo‘yin og‘rig‘ining sabablari

Bo‘yin og‘rig‘i juda keng tarqalgan va uning sabablari juda ko‘p. Ko‘pincha og‘riq bo‘yinni bir xil holatda uzoq vaqt ushlab turganda paydo bo‘ladi.

Biroq bunga boshqa omillar ham sabab bo‘lishi mumkin:

  • Uxlashga xalaqit beradigan tashvishlanish yoki stress;
  • Umurtqa pog‘onasi disklari va bo‘g‘imlar faoliyatining buzilishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan, bo‘yin spondilozining kuchayishiga olib keladigan baxtsiz hodisalar.

Ko‘pchilik uchun noqulaylik hech qanday sababsiz paydo bo‘ladi. Bu havo aylanadigan joyda o‘tirilganda yoki bog‘da ishlayotganda kuzatiladi. Bu noodatiy og‘riq deb atalib, bu tur keng tarqalgan. Odatda bir necha kundan keyin o‘tib ketadi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar noqulaylik bir necha kundan ortiq davom etsa shifokorga murojaat qilish kerak.

Shuningdek:

  • Qo‘l yoki oyoqdagi og‘riq, sanchish, uyqusirash yoki holsizlanish his etganda;
  • Yiqilish yoki shikastlanishdan keyingi kuchli og‘riq;
  • Qotib qolish holatlari, ikkala qo‘lni ko‘tarishda qiyinchilik;
  • Va boshqa alomatlar: isitma, titroq, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yuz bersa, shifokor konsultatsiyasi kerak bo‘ladi.

Bo‘yin og‘riganda nima qilish kerak?

Ko‘pincha bo‘yin og‘riganda nima qilish kerakligini bilmasdan sarosimaga tushamiz. Darhaqiqat, oddiy muolajalar va bir yoki ikki kunlik hordiq xurujni bartaraf etish uchun yetarli hisoblanadi.

Ammo muammo uzoq vaqt davom etsa, shifokor yordamiga tayanish lozim. Chunki bunday holda faqat kompresslar emas, turli usullar yordam beradi:

Fizioterapiya

Ular turlicha bo‘lishi mumkin. Har qanday fizioterapiyaning malakali shifokorlar tomonidan amalga oshirilishiga ishonch hosil qilish va uni mustaqil bajarmaslik talab etiladi.

Manual terapiya

Barcha alomatlar, og‘riq darajasi, qo‘ldagi og‘riqni bo‘ynda yoki aksincha, qancha davom etishini batafsil tushuntirishdan oldin bu ishni professionalga topshirish kerak.

Shuningdek, ushbu usullar aks ta’sirga ega va ularni o‘rganish juda muhimdir.

Bo‘yin og‘rig‘idan qanday qutulish mumkin?

  • Og‘riq qoldiruvchi dori qabul qiling;
  • Issiq yoki sovuq kompressni qo‘llang;
  • Uxlash uchun yostiqni past va mustahkamiga almashtiring;
  • Moslashuvchanlik mashqlarini bajarishga harakat qiling (lekin ohistalik bilan)
  • Avtomobil haydash yoki velosiped minib, bo‘yningizga shikat yetkazmang.

Bo‘yin og‘rig‘ining oldini olish

Bo‘yin og‘rig‘iga chalinmaslik uchun, ayniqsa, bunga moyil bo‘lsangiz, quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • Uyqu paytida boshingiz tanangiz bilan bir xil balandlikda bo‘lishi kerak. Shuning uchun past va qattiq yostiq tanlang. To‘shak ham mustahkam bo‘lsin;
  • Qorin bilan uxlamang;
  • Bo‘yinni uzoq vaqt davomida bir xil holatda ushlab turmang — masalan, stolda o‘tirganingizda, oddiy mashqlar bajaring.
  • Mushaklaringizni kuchaytirish uchun muntazam ravishda mashq qiling.

От qwert.uz