Birinchi yordam bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqing, deb yozadi Lifehacker nashri.

  — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Shifokorga qachon borish kerak?

Tez yordam yoki jarroh bilan bog‘lanishingiz kerak, agar:

  • Qon ketish to‘xtamaganda;
  • Kesish chuqur yoki katta bo‘lsa;
  • Uyquchanlik, sezuvchanlik yoki harakatchanlikni yo‘qotish kuzatilsa;
  • Shisha iflos, parchani olib tashlash mumkin bo‘lmasa;

Birinchi yordam ko‘rsatishdan oldin, yarani yuvishga harakat qiling, so‘ngra toza doka yoki mato bilan ustini yoping.

Shifokor, ehtimol, yarani yana yuvib, tekshiradi. Lozim bo‘lsa, u shisha siniqlarini olib tashlaydi, so‘ngra bog‘lab qo‘yadi.

Agar shisha sinig‘ini bosib olsangiz, mustaqil nima qila olasiz?

Bu holda o‘zingizga yordam bera olasiz:

  1. Qo‘lingizni yuving

Har qanday yaraga faqat sovun va suv bilan yaxshilab yuvilgan qo‘llar bilan teging.

  1. Yarani yuving

Kirni shu tarzda olib tashlash orqali siz yarani tekshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, shu tarzda siz mikroblardan va unga tushgan kichik bo‘laklardan qutulasiz.

Alkogol yoki peroksid bilan yuvish kerak emas — agressiv eritmalar nozik to‘qimalarga zarar yetkazadi va shifo berishga to‘sqinlik qiladi. Sovun bilan ozqib turgan suvda yuvishning o‘zi yetarli. Sovuq qon ketishini kamaytirishga yordam beradi.

  1. Yaradagi parchalarni tekshiring

Yarada qolgan shisha parchalarini diqqat bilan tekshiring. Lupa yoki telefoningiz kamerasi va uning masshtablash funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. Chiroq sizga yaxshiroq ko‘rishga yordam beradi.

  1. Agar parchalar bo‘lsa, ularni olib tashlashga harakat qiling

Ba’zi shisha siniqlarini mustaqil ravishda olib tashlash oson. Parchalar juda kichik bo‘lsa va qon yo‘q bo‘lsa, yara joyiga tasmani yopishtirib ko‘ring, bo‘lak unga yopishadi va siz ularni og‘riqsiz tortib olasiz.

  1. Yarani davolash

Yarani yana yuving. Doka va bint bilan bog‘lab qo‘ying. Bint ostida antibiotikli malham qo‘llanilishi mumkin.

  1. Tinchlaning

Jarohat oyoqda bo‘lgani uchun, kelgusi bir necha kun ichida uni bezovta qilish kerak emas: uzoq vaqt va ko‘p yurmang, qattiq poyabzal kiymang.

Agar oyna sinig‘ini bosib olsangiz, qanday asoratlar bo‘lishi mumkin?

Kichkina jarohatlar bir necha kun ichida o‘z-o‘zidan tuzaladi, ammo boshqa hollarda asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Toza bo‘lmagan yaralarga yoki ko‘pincha infeksiya tushadi.

Agar shisha chuqur kirib ketgan bo‘lsa, u asab yoki tomirga zarar yetkazishi mumkin. Shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilmasangiz, oqibatlar butun hayotingizni ta’qib qilishi hech gap emas.

От qwert.uz