Foto   —   Unsplash

«UYQU JOY TАNLАMАS…»
-«Uyqu joy tanlamas — bu toʼgʼri, ammo,
Joy uyqu tanlasa — bu ne muammo?».

Foto   —   Unsplash

«XАZON…»
-«Qiyo xam boqmading — derazam tomon?»,
-«Derazang oldida — xazon, bu yomon!».

Foto   —   Unsplash

«QOʼLNI SILTАB…»
-«Qoʼlni siltab, bor-e — deysan baʼzida,
Yutqazadi shunday degan — aslida!».

Foto   —   Unsplash

«TINGLАNG VА ISHONING…»
-«Baʼzida tabiat — mohir ertakka,
Ertaklar toʼqiydi — bir oʼzi yakka.
Uygʼotmoq istaydi — mehr oʼziga,
Tinglang va ishoning — uning soʼziga!».

Аbdulla Pulatov

Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.

«Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz