Arab xurmosi asrlar davomida mavjud bo‘lgan meva bo‘lib, u nafaqat to‘yimli va mazali, balki shifobaxsh hamdir. Xurmo Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlarida yetishtiriladi. Muqaddas ramazon oyida bu ajoyib meva bilan og‘izni ochish odat bo‘lib qolgan.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, arab xurmosi yallig‘lanish va o‘simtalarga qarshi, antioksidant ta’sirga ega meva ekanligini isbotlangan, deb yozadi “Sports.kz” nashri.

Foto: Islam nur

Xurmo yuzlab foydali ozuqa moddalar manbaidir. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, kuniga 4 dona xurmo iste’mol qilish orqali (o‘rtacha 100 gr) mis, kaliy, magniy va selen kabi muhim minerallarga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 15%i ta‘minlanadi. Shu bilan birga arab xurmosi:

  • Energiya manbayidir. Meva tarkibidagi katta miqdorda glyukoza, fruktoza va saxaroza organizmga kuch beradi. Tabiiy yetishtirilgan xurmo bilan tamaddi qilish kunduzgi holsizlikni bartaraf etishga xizmat qiladi;
  • Miya uchun ozuqadir. Finik palmasi ozuqa kletchatkalariga, fenol birikmalari va tabiiy antioksidantlarga ega bo‘lib, Alsgeymer kasalligining oldini oladi;
  • Qabziyatni bartaraf etadi. Xurmo tarkibidagi erimaydigan kletchatka moddalari oshqozon-ichak trakti uchun foydali bo‘lib, qabziyatda samaralidir;
  • Ichaklar faoliyati uchun foydali. Arab xurmosidagi aminokislotalar hazm qilish tizimi mo‘tadil ishlashida yordam beradi;
Foto: Proavocado
  • Anemiyada yordamchi. Xurmo tarkibidagi vitamin va minerallar, xususan temir moddasi temir tanqisligi sababli vujudga kelgan kamqonlik simptomlarini yengillashtirishda ishtirok etadi;
  • Yurak kasalliklarining oldini oladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, arab xurmosi qon arteriyalarida yog‘ to‘planishiga olib keladigan triglitserid darajasini pasaytiradi va qon-tomir kasalliklariga chalinish xavfini kamaytiradi;
  • Ko‘z nurini asraydi. Xurmodagi karotinoid moddasi sog‘lom ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishda muhimdir;
  • Diareyani davolashda samarali. Meva tarkibidagi kletchatkalar diareya kabi noxush holatlarni davolashda qo‘llaniladi;
  • Suyaklarni mustahkamlaydi. Xurmodagi bo‘r moddasi suyaklar salomatligi uchun javob beradi va osteoporoz kasalligiga qarshi kurashda davolashda qo‘llaniladi;
  • Allergiyaning tashqi belgilarida yordam beradi. 2012-yilda o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, arab xurmosi iste’molidan so‘ng allergik rinitga chalingan bemorlarda ijobiy o‘zgarishlar qayd etilgan.

От qwert.uz