Limon suvidan ham ko‘proq koni foyda bo‘lgan ushbu ichimlik bir qator afzalliklarga ega. Uni tayyorlash esa juda oson. Buning uchun sizga bir stakan suv va sarimsoq piyoz donasi kerak bo‘ladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Sarimsoqni maydalagichdan chiqarib oling va uning ustiga 250-350 ml qaynagan toza suv quying. Ichimlik xona haroratigacha sovigach, uni iste’mol qilish mumkin.

Foto: The voice magazine

Sarimsoqli suvning organizmga ijobiy ta’siri juda ko‘p, xususan:

  • Yurak salomatligini yaxshilaydi. Qon bosimini normallashtiradi va xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi;
  • Kognitiv faoliyatni oshiradi. Sarimsoq tarkibida demensiya va Alsgeymer kasalligi xavfini kamaytirishga yordam beradigan antioksidantlar mavjud;
  • Kayfiyatni yaxshilaydi. Sarimsoq serotonin gormonini ishlab chiqarishga yordam berishi ilmiy isbotlangan;
  • Immun tizimini mustahkamlaydi, chunki sarimsoq antibakterial xususiyatga ega;
  • Ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi;
  • Qondagi qand miqdorini tartibga soladi;
  • Suyaklarni mustahkamlaydi va osteoporozga chalinish xavfini kamaytiradi;
  • Uyqu sifatini yaxshilaydi. Tadqiqotlarda sarimsoq piyoz melatonin ishlab chiqarilishini rag‘batlantirishi o‘z isbotini topgan.

От qwert.uz