Britaniyalik diyetolog Maykl Mosli tez ovqatlanish va kam chaynash tufayli ortiqcha ovqatlanib qo‘yish xavfi haqida ogohlantirdi, deya xabar berdi “Lisa.ru” nashri.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Shutterstock

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shoshilmay ovqatlanish to‘qlikni his qilish uchun muhimdir, chunki to‘yinganlik hissi tanovulni boshlagandan so‘ng, 30-40 daqiqa ichida yuzga keladi.

Parhezshunos buning sababi tushuntirib berdi: to‘yinganlik haqida signal uchun ingichka ichak hosil bo‘ladigan GLP-1 gormoni javob beradi va keyin miyaga yetib boradi.

Agar siz tez va shoshib ovqatlansangiz, ko‘proq kaloriya orttirib olishingiz mumkin, — deydi Mosli.

Diyetolog taomni asta-sekin chaynash va tushlik paytida e’tiborni chalg‘itadigan ishlar, masalan, telefondan tiyilishni tavsiya qildi. Shuningdek, ovqatlanish vaqtida oz-ozdan suv ichib turish ham foydali ekanini ta’kidladi.

От qwert.uz