Kalsiy organizm uchun muhim minerallardan biridir: u tish, suyaklar, mushaklar va nervlar salomatligi uchun muhim hisoblanadi. Shuningdek, kalsiy suyaklar yallig‘lanishidan ham himoya qiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kalsiy yetishmasligi natijasida tana suyaklardagi zaxiralarini yo‘qotadi. Ushbu mineral yetishmasligining turli sabablari mavjud. Tartibsiz ovqatlanish, baʼzi dori-darmonlar, gormonal muammolar, ko‘p miqdorda qahva isteʼmol qilish, D vitamini yetishmasligi, jismoniy nofaollik, buyrak kasalligi yoki qalqonsimon bez kasalliklari ham kalsiy yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.
Kalsiy yetishmovchiligi turli alomatlarda o‘zini namoyon qilishi mumkin:

  • tomir tortishishi;
  • qo‘l va oyoqlardagi sanchiqlar;
  • tishdagi muammolar;
  • charchoq;
  • diqqatni jamlash bilan qiyinchilik;
  • osteoporoz;
  • soch to‘kilishi yoki tirnoqlarning mo‘rtlashishi.

Noxush oqibatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kalsiyga boy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilish muhimdir. Bularga pishloq, yogurt, sut va sut mahsulotlari, brokkoli, karam, rukkola yoki ismaloq kabi yashil sabzavotlar va maydanoz yoki arpabodiyon kabilar, dukkaklilar yoki giyohlar kiradi.

От qwert.uz