“Shuba” salatini turli usullarda tayyorlash mumkin, unga o‘zingizga yoqqan sabzavotlarni qo‘shsangiz ham bo‘ladi. Salat yanada mazali ta’mga ega bo‘lishi uchun piyozni tuzlangan mahsulotlar bilan almashtirish tavsiya etiladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Obozrevatel food

Kerakli masalliqlar:

  • seld balig‘i — 1 dona
  • piyoz — 1 dona
  • sirka — 1 qoshiq
  • shakar — 1 osh qoshiq
  • o‘simlik yog‘i — 1 qoshiq
  • qaynatilgan lavlagi — 2 dona (250-300 g)
  • qaynatilgan kartoshka — 2 dona (200 g)
  • qaynatilgan sabzi — 1 dona (150-170 g)
  • mayonez — ta’bga ko‘ra
Foto: Obozrevatel food

Tayyorlanishi:

  1. Piyozni maydalab, birinchi sirka, so‘ngra shakar va o‘simlik moyi bilan aralashtiring va 10 daqiqaga qoldiring.
  2. Birinchi qatlam: qaynatilgan kartoshkani katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing va idishga soling, ustidan mayonez surting.
  3. Ikkinchi qatlam: seld balig‘ini kub shaklida kesib oling.
  4. Uchinchi qatlam: tuzlangan piyozni ham idishga solib ustiga mayonez surting.
  5. To‘rtinchi qatlam: qaynatilgan sabzini ham katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing va ustiga mayonez soling.
  6. Beshinchi qatlam: qaynatilgan lavlagini qirg‘ichdan o‘tkazing va uning ham ustiga mayonezni surtib chiqing. Salatning ustiga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni qo‘shib dasturxonga torting.
Foto: Obozrevatel food

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz