Ushbu desert uchun ikki xil shokolad, pishloq va qaymoq kerak bo‘ladi, deb yozadi Lifehacker.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • achchiq shokolad — 250 gramm;
  • krem pishloq — 500 gramm;
  • sutli shokolad — 90 gramm;
  • yog‘li qaymoq — 80 ml.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Qora shokolad bo‘laklarga bo‘linib, issiqqa chidamli idishga solinadi va bug‘ yordamida eritib olinadi. Buning o‘rniga mikroto‘lqinli pechdan foydalanish mumkin. Shokolad taxminan 10 soniya davomida qizdiriladi.
  2. Xona haroratidagi pishloqqa shokolad qo‘shiladi. Blender bilan yaxshilab aralashtiriladi.
  3. 16-18 santimetr diametrli qolipga aralashma quyiladi.
  4. 2 soat davomida muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. Sutli shokolad mayda bo‘laklarga bo‘linadi va ustiga issiq qaymoq quyiladi. Yaxshilab aralashtiriladi.
  6. Chizkeyk ustiga qaymoqli aralashma quyiladi va yana 10 daqiqa muzlatkichga qo‘yiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz