Karam va sosiska qo‘shib tayyorlanadigan shaurma hotdoglarga o‘xshab ketadi. Unga o‘zingizga yoqqan boshqa mahsulotlarni ham qo‘shishingiz mumkin. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli masalliqlar: 

  • oq karamning oltidan bir qismi 
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • sosiska — 2-4 dona
  • tortilla yoki yupqa lavash xamiri — 2 dona
  • ketchup — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Karamni mayda qilib to‘g‘rang. Unga tuz qo‘shib 5-10 daqiqaga qoldiring.
  2. Sosiskalarni bir necha daqiqa qaynatib oling.
  3. Bitta yupqa lavash xamirini oling. Ichiga 1-2 ta sosiska va to‘g‘ralgan karamni soling. Ta’bingizga qarab ketchup qo‘shing va qattiq qilib o‘rang.  

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz