D vitamini quyosh nuri ta’sirida organizmda ishlab chiqariladigan muhim moddadir. “Quyoshli vitamin” organizmda ko‘plab muhim fiziologik funksiyalarni bajaradi: qondagi kalsiy miqdorini kerakli darajada ushlab turadi, raxit kasalligining oldini oladi, suyak, tish va tirnoqlarni mustahkamlaydi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan D vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlar va qo‘shimchalarni iste’mol qilish kerak.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: iStock

D vitaminining organizmdagi asosiy vazifasi

D vitamini gormon sifatida ta’sir qiladi. U qondagi kalsiy va fosfor almashinuvi jarayoniga javob beradi va ularning qondagi darajasini tartibga soladi. D vitamin orqali kalsiy organizmga yaxshi so‘riladi, immunitet mustahkamlanadi, hujayralar umri uzayadi. Shifokorlar suyak va mushaklar salomatligi hamda mustahkamligini saqlash uchun kuniga 10 mikrogramm D vitamini qabul qilishni tavsiya etadi.

Ammo D vitaminning ortiqcha dozasi zarar yetkazishi mumkin, chunki har qanday vitamin va biologik faol qo‘shimchalarni belgilangan normadan ko‘p qabul qilish intoksikatsiyaga olib keladi.

Organizmda to‘plangan haddan ortiq D vitamini suyaklarni zaiflashtiradi, yurak va buyraklarga shikast yetkazadi. D vitaminining haddan ortiq to‘planishi D gipervitaminozi deb ataladi. Bu kasallik kam uchraydigan, ammo jiddiy patologiyadir. Uning natijasida buyraklarda toshlar paydo bo‘lishi mumkin.

Yozda D vitaminini qabul qilishni to‘xtatish kerakmi?

Foto: iStock

Kardiolog Natalya Ivanyukning fikricha, D vitamini yil davomida uzluksiz qabul qilinishi kerak. Chunki oziq-ovqatlar har doim ham vitaminga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirmaydi.

Agar siz 9 oy davomida D vitamini qabul qilib, yozda tanaffus qilsangiz, bu vitamin ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi. Keyinchalik uni normal holatga qaytarish uchun kattaroq dozalar talab qilinadi.

Qanday mahsulotlar ichida D vitamini ko‘proq?

  • yog‘li baliqlar — skumbriya, tunes, forel, losos;
  • sut mahsulotlari — sariyog‘, pishloq, yogurt, zardob, sut;
  • jigar;
  • tuxum sarig‘i.

Quyidagi guruhga kiruvchi shaxslarga bularning o‘zi yetarli bo‘lmaydi va albatta vitaminni qo‘shimcha tarzda qabul qilishi kerak:

  • chaqaloqlar;
  • keksalar;
  • ortiqcha vaznli odamlar (tana massasi indeksi yuqori);
  • vegetarianlar;
  • oshqozon-ichak trakti yoki jigari kasallangan bemorlar.

От qwert.uz