Ziravorlar hidiga ega kolbasani piyoz, soya sousi va ketchup bilan qovurib mazali ta’mga ega yegulikni tayyorlash mumkin. Unga o‘zingizga yoqqan ko‘katlarni ham qo‘shsangiz bo‘ladi. 

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker 

Kerakli masalliqlar: 

  • kolbasa — 300-350 gr
  • piyoz — 1 dona
  • o‘simlik yog‘i — 2 qoshiq
  • ketchup — 3 qoshiq
  • soya sousi — 1 qoshiq

Tayyorlanishi:

  1. Kolbasa va piyozni to‘g‘rab oling.
  2. O‘simlik yog‘ini o‘rtacha olovda qizdirib oling. Piyozni solib, 2-3 daqiqa davomida qovuring.
  3. Kolbasani qo‘shing va yengil qizarguniga qadar bir necha daqiqa davomida qovurib oling.
  4. Ketchupga soya sousi qo‘shib aralashtiring. Kolbasani soling va aralashtirib, yana 1-2 daqiqa qovuring.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz