Oson tayyorlanadigan lavlagili salat mazali ta’mga ega. Uni o‘zingizga yoqqan ko‘katlar bilan bezatib dasturxonga tortishingiz mumkin.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • lavlagi — 2 dona
  • tuxum — 4 dona
  • pishloq — 150 g
  • sarimsoq — 1-2 donacha
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • mayonez — ta’bga ko‘ra

Tayyorlanishi:

  1. Lavlagini bir yarim, ikki soat davomida qaynating. Uni salqin joyga qo‘yib sovuting va tozalab oling.
  2. Tuxumni 10 daqiqa qaynating va uni ham sovutib, tozalang.
  3. Lavlagi va pishloqni katta tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Tuxumlarni xuddi shu tarzda maydalang yoki mayda kubik shaklida to‘grab oling.
  4. Sarimsoqni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazing. Barcha mahsulotlarni tuz va mayonez bilan aralashtiring. Salatni dasturxonga tortishdan oldin o‘zingizga yoqqan ko‘katlar bilan bezating.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz