Yosh ulg‘aygan sari salomatlik ko‘proq ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lib qoladi. Modda almashinuvining sekinlashuvi, gormon ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar — bularning barchasi iste’mol qilinayotgan mahsulotlarga qarab o‘zgaradi. 50 yoshdan keyin sog‘lom ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish juda muhim.
— Manba: «Daryo» nashri.

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
Kolbasa mahsulotlari qancha kam iste’mol qilinsa, shuncha yaxshi. Ushbu mahsulotlar rasmiy ravishda kanserogen moddalar sifatida tan olingani bilan bir qatorda, ichak saratoni xavfini ham sezilarli darajada oshiradi. Ularning tarkibida natriy va transyog‘lar ko‘p bo‘lib, bularning hammasi yurak, qon tomirlari va ovqat hazm qilish tizimi a’zolari salomatligi uchun xavflidir.
Baton va oq nonlar
Afsuski, sog‘lom hatto foydali ko‘rinadigan baton va oq nonlar shakarning bir qismiga aylanib, qonda qand miqdorining oshishiga olib keladi. Bu orqali organizmda qandli diabet xavfi oshadi.
Yog‘siz sut mahsulotlari
50 yoshdan keyin tana uchun eng keraklisi — kalsiydir. Kalsiyni esa sut mahsulotlaridan olish eng yaxshi usul hisoblanadi. Ammo kalsiy yog‘siz va D vitaminisiz so‘rilmaydi. Bu sut va undan tayyorlangan mahsulotlarda kuzatiladi. Shuning uchun sut mahsulotlarini qabul qilishda e’tiborli bo‘lish lozim.
Qadoqlangan sharbat va tayyor smuzilar
Qadoqlangan meva sharbatini muntazam ichish yurak xastaliklari xavfini ikki marotaba oshiradi. Bu kabi sharbatlar tarkibida qand miqdori ko‘p bo‘lib, kletchatkaga emas, glyukoza miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi. Smuzilarda esa sog‘liq uchun zararli bo‘lgan sun’iy qo‘shimcha moddalar mavjud.
Qahva
Latte, kapuchchino, frapuchchino va boshqa qahvalar qanchalik mazali bo‘lsa, yaxshisi, ulardan uzoqroq turish kerak. Aslida ular bir stakan qahva emas, haqiqiy kaloriya hisoblanadi. Bundan tashqari ta’m uchun qo‘shiladigan shakarli siroplar tarkibi tufayli ko‘pincha xavfli kasalliklar, shu jumladan, qandli diabet va saratonning ayrim turlari rivojlanishi mumkin.