Ko‘zlangan vaznga intilishda nafaqat sevimli shirinliklaringiz va kekslardan, balki yuqori kaloriya miqdori tufayli tabiiy asaldan ham bosh tortasizmi? Darhaqiqat, sog‘lom shirinlik ortiqcha vaznni tezroq va samaraliroq yo‘qotishga yordam beradi, agar siz uni me’yorida iste’mol qilsangiz. Bordi-yu diyetada bo‘lsangiz, asalni taomnomada qoldirishning 3 ta sababi bor, deb yozadi The Voice Mag nashri.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: The Voice Mag

Ichaklar uchun ijobiy ta’sirga ega

Shirin va yopishqoq asal ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashda faol ishtirok etadi, buning natijasida u ichaklarni harakatga keltiradi va ich qotishidan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Tinchlantiradi

Hatto parhez paytida ham iste’mol qilingan bir choy qoshiq asal sizga ijobiy kayfiyat bag‘ishlaydi va doimiy ochlik tuyg‘usidan xalos qiladi.

Metabolizmni tezlashtiradi

Asal organizmda yog‘ to‘planishi uchun mas’ul bo‘lgan oshqozon lipazasining ishini pasaytiradi. Shuning uchun asalni muntazam ravishda iste’mol qilish orqali siz faqat sog‘lom vazn yo‘qotishga hissa qo‘shasiz.

От qwert.uz