Qiyma, pishloq va tuxumning uyg‘unlikdagi ta’mi, albatta, tatib ko‘rishga arziydi.
— Manba: «Daryo» nashri.

Kerakli mahsulotlar:
- piyoz – 1 dona;
- pishloq – 100 gramm;
- qiyma – 350 gramm;
- tuxum – 5 dona;
- sut – 5 osh qoshiq;
- o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
- tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni:
- Piyoz blenderda maydalanib, pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Qiyma piyoz, pishloq, tuz va murch bilan aralashtiriladi.
- Har bir tuxum bir qoshiq sut va tuz bilan aralashtiriladi. Tovaga quyiladi va pishguncha aralashtirilmasdan qovuriladi. Xuddi shu tarzda qolgan tuxumlar ham pishiriladi.
- Qiyma 5 qismga bo‘linib, tuxumli quymoq ustiga qo‘yiladi va rulet shaklida o‘raladi.
- Quymoqlar yog‘langan qolipga solinib, pechda 180 darajada 30 daqiqa davomida pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!