Ham chiroyli ko‘rinishga, ham mazali ta’mga ega tortni tayyorlab ko‘rishni tavsiya etamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • banan – 3 dona;
  • yong‘oq – 120 gramm;
  • un – 190 gramm;
  • qabartma – 2 choy qoshiq;
  • tuxum – 2 dona;
  • sariyog‘ – 300 gramm;
  • shakar – 200 gramm;
  • qaymoq – 4 osh qoshiq;
  • vanil – 1 choy qoshiq;
  • qaymoqli pishloq – 400 gramm;
  • quyultirilgan sut – 270 gramm.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Banan sanchqi yordamida pyure qilinadi. Yong‘oqlar ham maydalanadi.
  2. Un qabartma bilan birgalikda elakdan o‘tkaziladi va tuz bilan aralashtiriladi. Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi.
  3. 100 gramm sariyog‘ va shakar mikser bilan aralashtiriladi. Tuxum sarig‘i  va qaymoq qo‘shib, yana aralashtiriladi.
  4. Yog‘ massasiga quruq mahsulotlardan un, banan, yong‘oqning yarmi va vanil ekstrakti qo‘shiladi.
  5. Tuxum oqlari mikser qilinadi va ehtiyotkorlik bilan xamirga solinadi. So‘ngra ikki qolipga quyiladi.
  6. Biskvitlar 30-40 daqiqa davomida 175 daraja pechda pishiriladi. So‘ngra ular ikkitadan teng bo‘lakka bo‘linadi.
  7. Qaymoqli pishloq quyultirilgan sut bilan silliq bo‘lguncha ko‘pirtiriladi. 200 gramm sariyog‘ ham mikser bilan alohida idishda aralashtiriladi.
  8. So‘ngra massa pishloqli aralashmaga qo‘shiladi. Tayyor bo‘lgan krem biskvitlar orasiga surtiladi va 5-6 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  9. Biskvitlar tayyor bo‘lgach krem, yong‘oq va banan bilan tortga bezak beriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz