Vitaminga boy mahsulotlar yordamida mazali zapekanka tayyorlab ko‘rishni tavsiya qilamiz.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • bulg‘ori qalampiri – 1 dona;
  • kolbasa – 300 gramm;
  • piyoz – 1 dona;
  • brokkoli – 400 gramm;
  • o‘simlik yog‘i – 2 osh qoshiq;
  • pishloq – 150 gramm;
  • tuxum – 7-8 dona;
  • sut – 160 ml;
  • ko‘kat, sarimsoq, rayhon, tuz, qalampir.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Bulg‘ori qalampiri o‘rtacha, piyoz mayda, pomidor parrak qilib to‘g‘raladi.
  2. Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Piyoz 2-3 daqiqa davomida qovuriladi. Kolbasa va qalampir qo‘shilib, 4-5 daqiqa davomida pishiriladi.
  3. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Brokkoli zapekanka qolipiga solinadi. Ustidan 100 gramm pishloq va pomidor qo‘shiladi.
  4. Tuxum, sut, ko‘kat, rayhon, tuz va qalampir yaxshilab aralashtiriladi. Pomidor ustidan tuxumli hamda kolbasali aralashma qo‘shiladi.
  5. Qolip yuzasi folga bilan yopiladi, 25-30 daqiqa davomida 180 darajada pechda pishiriladi. So‘ngra folga qog‘ozi olib tashlanadi va yana 5-10 daqiqaga pechda qoldiriladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz