Ajoyib ta’mga ega shirinlik oilaning barcha a’zolariga manzur keladi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • un – 80 gramm;
  • kakao kukuni – 4 osh qoshiq;
  • qabartma – 1 choy qoshiq;
  • tuxum – 5 dona;
  • shakar – 170 gramm;
  • banan – 1-2 dona;
  • tvorog – 300 gramm;
  • shakar upasi – 100 gramm;
  • qaymoq – 200 ml;
  • qora shokolad – 120 gramm;
  • sariyog‘ – 1 osh qoshiq;
  • sut – 2 osh qoshiq;
  • tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Un va qabartma elakdan o‘tkaziladi. Tuxum oqlari sarig‘idan ajratiladi va bir chimdim tuz solinib, mikser qilinadi.
  2. Mikser qilish jarayonida tuxum oqiga asta-sekin shakar qo‘shib boriladi.
  3. Massaga sekin tuxum sarig‘i qo‘shiladi va yana mikser qilinadi.
  4. Un va qabartma aralashmaga qo‘shiladi, xamir asta-sekin aralashtiriladi.
  5. Tayyor bo‘lgan xamir qolipga quyiladi, 40-45 daqiqa davomida 170 daraja pechda pishirishga qo‘yiladi.
  6. Biskvit pishgach, 5-6 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  7. Banan va tvorog blenderda maydalanadi, ustidan shakar upasi qo‘shiladi.
  8. Qaymoq mikser qilinadi va ehtiyotkorlik bilan tvorog aralashmasiga qo‘shiladi.
  9. Biskvit aylanasiga 2-3 qismga bo‘linadi. Ularning orasiga qaymoqli krem surtilib, bir-birining ustiga qo‘yiladi.
  10. Biskvitning yon qismlariga ham krem surtiladi va 4-5 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  11. Shuningdek, biskvitni shakarli suv bilan namlash mumkin.
  12. Shokoladning yarmi maydalanib, sariyog‘ va sut bilan eritib olinadi.
  13. Aralashma tort ustidan quyiladi va yana 15-20 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  14. Qora shokoladning qolgan qismi qirg‘ichdan o‘tkaziladi va tortning yuzasiga sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz