Vitaminlarga boy grekcha salat ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar uchun ham ayni muddao.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Lifehacker

 Kerakli mahsulotlar:

  • sarimsoq – 2 dona;
  • zaytun moyi – 4 osh qoshiq;
  • bodring – 2 dona;
  • avokado – 1 dona;
  • piyoz – 1/2 dona;
  • pomidor – 2-3 dona;
  • bulg‘or qalampiri – 1/2 dona;
  • feta pishlog‘i – 200 gramm;
  • zaytun – 80 gramm;
  • qizil sharob sirkasi – 2 osh qoshiq;
  • quritilgan oregano – 1 choy qoshiq;
  • ko‘kat, tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Sarimsoq maydalanib, yog‘, sirka, oregano va tuz bilan aralashtiriladi.
  2. Bodring va avokado parrak, pomidor va bulg‘ori qalampiri esa katta to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi.
  3. Pishloq ham o‘rtacha kattalikda to‘g‘raladi. Barcha mahsulotlar aralashtiriladi va ta’bga ko‘ra ko‘kat sepiladi.

Yoqimli ishtaha!

От qwert.uz