Magniy qon bosimi va qon tarkibidagi glyukoza darajasini tartibga soladi, tishlar va suyaklar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u asab tizimi holatini yaxshilaydi, jizzakilik, charchoq va yengil uyqu buzilishlariga qarshi kurashadi.

 — Manba: «Daryo» nashri.

Foto: Wellbeing nutrition

Ko‘pchilik asabiylik va doimiy charchoq muammolarni dori vositalari bilan hal qilishga harakat qiladi, ammo magniyga boy mevalarni muntazam iste’mol qilinsa, natijasi sizni ko‘p kuttirmaydi.

Avokado

Bir piyola (kubik shaklida to‘g‘ralgan) avokadoda 43,5 mg magniy mavjud bo‘lib, bu kunlik tavsiya etilgan me’yorning qariyb 1/10 qismini tashkil etadi.

Quritilgan o‘rik

100 gramm quritilgan o‘rikda 105 mg magniy mavjud.

Banan

200 gramm og‘irlikdagi bitta banan o‘zida taxminan 55 mg magniy saqlaydi, bu kunlik normaning 13 foiziga teng. 100 gramm quritilgan bananda esa 108 mg magniy bor.

Quritilgan olxo‘ri

100 gramm quritilgan olxo‘rida 41 mg magniy mavjud.

Xurmo

100 gramm xurmo tarkibida 56 mg magniy bor.

Marakuyya

100 gramm ekzotik marakuyya mevasi 29 mg magniy saqlaydi.

Arab xurmosi

100 gramm quritilgan xurmo mevasi 69 mg magniyga boy.

От qwert.uz